AQŞning Luizina ştatida kamyob albinos delfin qayd qilindi, deb xabar beradi Newsweek. Calcasieu Charter Service kompaniyasi vakili Erik Ru bu jonivorni yana bir bor körganini ma'lum qildi.

Runing Pinki laqabli delfin bilan uçraşuvi 2007 yilda bölgan edi.
Pinkining öziga xosligi şundaki, u oq emas, balki puşti rangdagi albinos delfindir. “Albinos delfinlar yaxşi örganilmagan, çunki ular kam uçraydi”, - dedi Okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boşqarmasi vakili, Pinki haqidagi savolga javob berarkan.

Runing ta'kidlaşiça, uning mijozlari dengiz sayrlari çoğida Pinki bilan uçraşuvni talab qilişadi. Öz navbatida, Runing ta'kidlaşiça, Pinki bilan yaxşi munosabatda bölişiga qaramay, boşqa albinos delfinlar unga yoqmaydi.