AQŞ prezidenti Barak Obama ayiq yeb tugatmagan lososni yeb bitirdi. NBC kanalining Twitter orqali xabar qilişiça, bu Alyaskada keçayotgan Running Wild şousi s'yomkalari jarayonida sodir bölgan.
Şou boşlovçisi Bear Grills AQŞ prezidentiga ayiq çaynab, taşlab ketgan baliqdan totib körişni taklif qildi. Şundan söng u baliq qoldiqlarini pişirdi va u bilan prezidentni mehmon qildi.
“Krekerlarimiz bölganida baliq yanada mazaliroq bölardi”, - ta'kidladi Obama tanovuldan söng.
Obama Alyaskaga taşrifi doirasida şouda ham iştirok etdi. Mintaqaga taşrifdan közlangan asosiy maqsad 30-31 avgust kunlari Ankorijda ötgan Arktika böyiça xalqaro konferensiyada iştirok etiş böldi.






