Qozoğiston Taşqi işlar vaziri Yerlan Idrisov Rossiya prezidenti Vladimir Putin oktabrda Qozoğistonga rasmiy taşrif bilan kelişini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda “IA Novosti-Kazaxstan” axborot agentligi.

“Bizda prezidentlar, boş vazirlar, vazirlar darajasida katta sondagi taşriflar belgilangan. Oktyabrda biz şuningdek, MDH sammiti va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi sammitini ötkazamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning rasmiy taşrifi kutilmoqda”, deb 8 sentabrda Qozoğistonda akkreditatsiyadan ötgan diplomatik korpus vakillari bilan ötgan matbuot anjumanida aytdi Idrisov.

Bungaça Qozoğistonga Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko taşrif buyurişi rejalaştirilgan.