Standard & Poor's (S&P) xalqaro agentligi rahbari Niraj Saxay agentlik strukturasidagi ikki yillik faoliyatiga yakun yasadi, deb xabar beradi The Financial Times naşri.
“Niraj Saxay boşqa imkoniyatlardan foydalaniş uçun iste'foga çiqmoqda”, - deyiladi agentlikka asos solgan McGraw Hill Financial kompaniyasi tarqatgan bayonotda.

Uning vazifalarini vaqtinçalik McGraw Hill Financial personal bilan işlaş departamenti prezidenti örinbosari Jon Berisford bajaradi.
McGraw Hill Financial S&P Capital IQ va SNL Financial’ni birlaştirmoqçi. Yaqinda u uşbu kompaniyani 2.2 mlrd dollarga sotib oldi. Şu tariqa, kompaniya öz boşqaruv tizimida restrukturizatsiya ötkazmoqda. Saxay mana şu jarayonlar tufayli lavozimini tark etganligi aytilmoqda.