Şri-Lankada yovvoyi fil mahalliy jurnalist Priyanta Ratnayakani toptab taşladi. Bu haqda Can Indian News naşri ma'lum qildi.
Voqea sayyohlar orasida ommabop bölgan Minneriya milliy boğida yuz berdi. Fil hujum qilgandan keyin 43 yoşli jurnalist şifoxonaga yetkazildi va olingan jarohatlardan şu yerda joni uzildi. Voqeaning boşqa tafsilotlari keltirilmagan.
RIA Novosti axborot agentligining ma'lumotiga köra, Şri-Lankada fillarning hujumi oqibatida oxirgi yilda 70 dan köproq odam halok bölgan. Şu vaqt içida 150 ga yaqin fil öldirilgan.
Şri-Lankada fillar muqaddas hayvon hisoblanadi. Biroq şunga qaramasdan oxirgi yillarda ularning soni keskin kamayib ketdi, bunga ularning fermerlar tomonidan otib taşlanayotgani sabab bölmoqda. Ayni kunda mamlakatda 7,5 mingga yaqin fil mavjud.






