2015 yilning 9 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Şveytsariya Konfederatsiyasining yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elçisi Ştefan Klyotslini qabul qildi. Bu haqda Özbekiston TIV matyuuot xizmati xabar bergan.
Elçi işonç yorliqlari nusxasini topşirdi.
Muloqot davomida Özbekiston-Şveytsariya munosabatlarining dolzarb masalalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boşqa sohalarda aloqalarni rivojlantirişning istiqbolli yönalişlari yuzasidan fikr almaşildi.
Ta'kidlanganidek, 2014 yilning noyabrida Şveytsariya Konfederatsiyasi prezidenti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkilotining (YXHT) amaldagi raisi Dide Burkxalterning Özbekistonga taşrifi hamda Prezident Islom Karimov bilan bölib ötgan mufassal muzokaralar oliy darajadagi siyosiy muloqotni mustahkamlaş va ikki tomonlama aloqalarga yangi tus beriş imkonini yaratdi.
Suhbat çoğida muntazam vazirliklararo muloqotlar ötkaziş amaliyotini davom ettiriş, parlamentlararo almaşinuvlarni yölga qöyiş, ikki davlat biznes doirasi vakillari örtasida özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantiriş muhimligi qayd etildi.
Uçraşuvda ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar ham muhokama qilindi.






