Apple kompaniyasi 9 sentabrda San-Frantsiskoda Bill Graham Civic Auditorium zalida bölib ötgan taqdimotda 12,9 dyuym ekran va stilusga ega iPad Pro planşetini namoyiş qildi.

Kompaniya boşliği Tim Kuk bu qurilmani taniştira turib, uni “iPad paydo bölgandan beri iPad uçun eng katta yangilik” deb atadi. Qurilma ekranining körsatiş qobiliyati 2732 ga 2048 pikselni taşkil qiladi.
Planşet displeyi bosiş kuçini aniqlay oladigan Force Touch funksiyasi bilan jihozlangan. Qurilma qalinligi 6,9 mm ni, oğirligi esa 712 grammni taşkil qiladi.

Yangi planşet A9X protsessorida işlaydi. Apple’da ta'kidlanişiça, planşetning unumdorligi oddiy kompyuterlarnikining 80 foizini taşkil qiladi. Planşet akkumulyatori planşetning 10 soat uzluksiz işlaşini ta'minlaydi.

iPad Pro törtta dinamik bilan jihozlangan: ikkitadan pastda va yuqorida. Qurilma oddiy Lightning porti orqali quvvatlanadi.

Apple kompaniyasi iPad Pro uçun maxsus Apple Pencil stilusini yaratdi. Kompaniyada stilus “zarraça bosişni” ham aniqlay olişi va undan barmoqlar bilan birga foydalaniş mumkinligi aytilmoqda.

Apple, şuningdek, matn kiritiş uçun maxsus klaviaturani namoyiş qildi. U planşet ğilofiga örnatilgan bölib, unga magnit ulagiçlar orqali ulanadi.

iPad Pro planşeti iPad Air 2 kabi ekranni ikkiga böliş orqali köp vazifalilik funksiyasini qöllab-quvvatlaydi.







