Belarus markaziy saylov qömitasi amaldagi davlat rahbari Aleksandr Lukaşenkoni prezidentlikka nomzod sifatida röyxatga oldi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

Lukaşenko nomzodini körsatişga yönaltirilgan taşabbuskor guruh qömitaga 1.7 mln dan ortiq imzo taqdim qildi. Bu imzolardan 99.55 foizi haqiqiy deb tan olindi.
Lukaşenkodan taşqari, Belarus liberal-demokratik partiyasidan Sergey Gaydukeviç, Belarus vatanparvarlik partiyasidan Nikolay Ulaxoviç “Rostini gapir” kampaniyasidan Tatyana Korotkeviçlar nomzod sifatida qayd qilindi.

Nomzodlardan biri Tereşçenko zaharlanganidan söng 28 avgust kuni öz nomzodini olib taşladi.
Saylovlar 11 oktabr kuni bölib ötadi.