2001 yilning 11 sentabr kuni AQŞning Nyu-York şahrida dahşatli terrorçilik akti sodir etildi: terrorçilar tomonidan qölga olingan samolyotlarning maşhur egizak binolarga urilişi tufayli 3 mingdan ortiq odam halok böldi. 20 kişi haligaça yöqolgan deb hisoblanadi. Köpçilik ekspertlar uşbu kunni zamonaviy tarixni özgartirib yuborgan buriliş pallasi deb baholaydi.
Quyida öşa dahşatli kunda suratga olingan, lekin boşqa maşhur suratlar singari keng tarqalmagan bir qança fotosuratlarni taqdim etamiz.
1. OAVda osmonöpar binodan sakragan odamlarning suratlarini çop etmaslik haqida umumiy kelişuvga erişilgan edi. Şunga qaramay, ayrim suratlar internetda paydo böldi.

Foto: Doug Kanter/AFP/Getty Images
2. Binoni qoplagan tutundan saqlaniş uçun odamlar derazadan boşlarini çiqarib turişibdi.

Foto: Jose Jimenez/Primera Hora/Getty Images
3. Qutqaruv işlaridan söng dam olayotgan öt öçiruvçi.

Foto: AP Photo/Matt Moyer
4. Qutqaruvçi vayronalar ostidan odamlarni qidirmoqda.

Foto: AP Photo/Matt Moyer
5. Qutqaruvçilar vayronalar içiga kirmoqda.

Foto: Reuters/U.S. Navy/Photographer's Mate 2nd Class Jim Watson
6. Kimdir vayronalar yonida turib, tirik qolganlarni çaqirmoqda.











