Apple kompaniyasining sentabr oyidagi körgazmasi yangiliklarga boy böldi, desak xato bölmaydi. Unda iPhone 6s va 6s Plus smartfonlaridan taşqari katta 12,9 dyuymli ekranga ega bölgan iPad Pro planşeti, Siri ovozli yordamçini qöllab-quvvatlaydigan Apple TV hamda puşti-tillarang korpusdagi Apple Watch Sport taqdim etildi.

iPhone 6s va 6s Plus
Yangi rangdagi korpus. Yangi S modelidagi smartfonning hajmi oddiy iPhone 6 smartfonidan farq qilmaydi. Qölingizdagi smartfon yangi model ekanini taşqi tomondan faqatgina 2 belgi: smartfonning orqa qismidagi S harfi hamda korpusning yangi rose gold rangli turi ham bor ekanligi orqali körişingiz mumkin.
Smartfonning puşti-tillarang körinişdagi turi iPhone 5C’dagi kabi rangda emas. Uşbu rangdagi smartfon yetarli darajadagi yoruğlik tuşgan vaqtdagina puşti ekani seziladi. Boşqa rakursda u tillarang yoki kumuşrang bölib körinadi.

Barmoq bosiş turini aniqlaş. Apple bergan ma'lumotga köra, yangi iPhone’da işlatilgan 3D Touch texnologiyasi iPad’ga örnatilgan Force Touch funksiyasidan farq qiladi. Force Touch’da barmoq bosiş kuçi e'tiborga olingan bölsa, yangi 3D Touch texnologiyasida uning davomiyligi hisoblanadi.
3D Touch orqali bajariladigan funksiyalar köp. Ulardan biri ilova belgisini uzoq muddat uşlab turiş orqali eng köp işlatiladigan harakatlarni aniqlaş mumkin. Bundan taşqari xabarlar ilovasi içida alohida suhbatlar yoki biror bir aloqa raqamidan xabarlar oynasi ustida foydalaniş mumkin. Şuningdek, yangi Live Photos suratlarni bosiş orqali kiçik video köriş mumkin.
Yaxşilangan kamera. Yangi iPhone’ga avvalgi smartfonlardagi 8 Mp.li asosiy kameradan farqli ravişda, 12 Mp.li kamera örnatildi. Uning fokus tezligi avvalgi kameraga nisbatan sezilarli darajada oşgan.
Şuningdek, smartfonning old kamerasi ham 5 Mp.ga özgardi. Endi uning yordamida selfi tuşiş yoqimli jarayonga aylanadi. Selfining yaxşi çiqqanligi tekşiriş uçun 3D Touch orqali emergency selfie funksiyasidan foydalaniş mumkin.
iPad Pro











