Messining akasi Matias tomonidan ma'lum qilinishicha, chaqaloqqa Mateo ismi qo‘yilgan.

Messi bugun «Barselona»ning mashg‘ulotida ishtirok eta olmadi. U kun bo‘yi turmush o‘rtog‘i Antonellaning yonida bo‘ldi.

Futbolchi ertaga jamoa bilan Ispaniya La ligasining 3-turi doirasida bo‘lib o‘tadigan «Atletiko»ga qarshi o‘yin uchun Madridga yo‘l oladi.