Eron va AQŞ prezidentlari imzolagan memorandumning Vaşington tomonidan köp marta buzilganligi Donald Trampning imzosi «mutlaqo heç narsaga arzimasligi»ni isbotlaydi, deb yozdi Eron oliy rahnamosi Möjtabo Xominaiy X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida.
«Eron va AQŞ prezidentlari imzolagan özaro anglaşuv töğrisidagi memorandumning ulkan şayton (AQŞ) tomonidan qayta-qayta buzilişi haqiqatni yana bir bor körsatdi: AQŞ prezidentining imzosi heç narsaga arzimaydi va işonçga munosib emas», — deyiladi Xominaiyning bayonotida.
Tramp va Eron prezidenti Mas’ud Pezeşkiyon 18 iyun kuni masofadan turib tinçlik kelişuvini imzolagandi.
18 iyul kuni Tehron kelişuv böyiça öz majburiyatlarini bajarişni töxtatganini ma’lum qildi.


















