“Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik sub'yektlarini işonçli himoya qilişni yanada kuçaytirişga, ularni jadal rivojlantiriş yölidagi tösiqlarni bartaraf etişga qaratilgan özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonu bilan Soliq kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritildi.
Kodeksning 18-moddasi ikkinçi qism bilan töldirildi, unga muvofiq yakka tartibdagi tadbirkor hukumat tomonidan belgilangan tartibda xodimlarni yollaşga haqli. Şuningdek, soliqqa oid huquqbuzarlar uçun javobgarlikka tortiş umumiy şartlariga tegişli özgartişlar kiritildi.
108-moddaning oldingi tahririda soliq tölovçi tomonidan bir neçta soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilganda har bir iş uçun alohida sanksiyalar qöllanilişi közda tutilgan edi.
Yangi tahrirga köra, ularning barçasi birlaştirib körib çiqiladi.
114-moddaga muvofiq, kirim qilinmagan tovarlarni saqlaş ularning qiymati miqdorida jarima solinişiga sabab böladi.






