Yevropa çempionatlarida FIFA kunlari tufayli yuzaga kelgan tanaffus tugab, tur öyinlari davom ettirilmoqda.

Bugun Angliya çempionatida 5 tur öyinlariga start beriladi.

"Everton" - "Çelsi" (Toşkent vaqti bilan 16:45)
Turni "Everton" - "Çelsi" uçraşuvi oçib beradi. Joze Mourino şogirdlari muvaffaqiyatsizliklariga şu turda yakun yasaşni reja qilişgan. Lekin uşbu tur arafasida jamoaning asosiy darvozaboni Tibo Kurtua safdan çiqdi. Endi kamida keyingi 2 oy mobaynida Asmir Begoviç jamoaning asosiy darvozaboni böladi.
Mezbonlar esa 4 turdan keyin 5 oçko bilan turnir jadvalining 9 örnida joylaşgan. 14-örindagi londonliklar hisobida esa 4tagina oçko.

"Arsenal" - "Stok Siti" (19:00)
Londonning yana bir jamoasi "Arsenal" öz maydonida "Stok Siti"ni kutib oladi. Köpçilik Venger şogirdlarining ğalabasiga şubha qilmayapti. "Arsenal" ayni paytda 7 oçko töplagan holda 5-6 örinlarni "MYu" bilan bölişib turibdi. 5 tur arafasida "kanonirlar" tarkibida yöqotişlar yöq.
"Stok Siti" esa 4ta öyindan atigi 2 oçko olgan va 18 örinni band etgan. Jamoa yozgi transferlar dariçasi yopilişi arafasida Jyerdan Şakirini transfer qildi va u bugun maydonga tuşişi mumkin.

"Kristal Pelas" - "Mançester Siti" (19:00)
Yangi mavsumda yengilmasdek taassurot uyğotayotgan "şaharliklar"ni bu turda muhim öyin kutmoqda. Pellegrini şogirdlari safarda özini turnir jadvalida ta'qib etib kelayotgan "Kristal Pelas" jamoasiga qarşi kuraş olib borişadi. Qolaversa bu öyinni David Silva ötkazib yuboradi. "Mançester Siti" safida uşbu öyinda jamoaning yangi xaridlaridan biri Kevin de Bryuyne debyut qilişi mumkin.
Ayni vaqtda "Siti"da 12 oçko, "Kristal Pelas"da esa 9 oçko mavjud.

"Mançester Yunayted" - "Liverpul" (21:30)
Bu turdagi yana bir markaziy öyin azaliy raqiblar "Mançester Yunayted" hamda "Liverpul" örtasida ötkaziladi. "MYu" safida bu öyinda David de Xea harakat qilişi kutilmoqda. Runi esa bu öyinni ötkazib yuborişi aytilgan. "Mersisaydliklar" safida esa jamoaning asosiy yetakçisi Koutino diskvalifikatsiya tufayli maydonga tuşa olmaydi.