Namangan viloyati Yangiqörğon tumanida istiqomat qilib, viloyatimiz oliygohlaridan birida tahsil olayotgan talaba qiz Qirğiziston Respublikasi Jalolobod viloyatida yaşovçi buvisi vafot etganligi töğrisidagi xabarni eşitgaç, dafn marosimiga borişni rejalaştirdi. Biroq qonunda belgilangan tartib - qoidaga amal qilmadi.
Yangiqörğon tumani Nanay QFY Qizilyozi MFY aholi punkti orqali Qirğiziston Respublikasi Alabuqa tumaniga ötadi. Buvisining dafn marosimiga qatnaşib, yana şu kunning özida ortiga qaytadi. Yangiqörğon tumani Nanay QFY Qizilyozi MFY hududiga kirib kelgan paytda harbiy qism askarlari uşlab holat yuzasidan tegişli hujjatlarni rasmiylaştirdilar.
Kosonsoy tuman sudi bu talaba qizga Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 223 - modda 2 - qismi «v» bandi bilan jinoiy iş qözğatib, eng kam oylik iş haqining 8 baravari miqdorida 768 ming 840 söm miqdorda jarima jazosini tayinladi, deb yozadi "Telegraf.uz" naşri.
Çegaradan noqonuniy ötgan talaba jazolandi
23:20 / 12.09.20158 1811 min






