11 sentabr kuni "Levante" va "Sevilya" bahsi orqali La Ligada 3 turga start berildi.
"Levante" jiddiy raqibdan oçko tortib ola oldi va endilikda bu ikki jamoa 2tadan oçko bilan 13 va 14 örinlarda joylaşgan.
Levante – Sevilya 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 12 Nzonzi, 1:1 – 58 Kamarasa.
Ogohlantirişlar: Kakuta (5), Konoplyanka (38), Morales (62), Tremulinas (63), Xuanfran (81), Gilas (82)

Bugun turning asosiy öyinlari bölib ötadi.
"Espanol" - "Real"
Dastlab Kataloniyaning ikkinçi jamoasi "Espanol" Madridning "Real" jamoasini qabul qiladi. Bu öyin arafasida madridliklarning asosiy öyinçilaridan biri Xames Rodriges jarohat olgan. Öyin Toşkent vaqti bilan soat 19:00da boşlanadi.

"Sporting Xixon" - "Valensiya"
Liganing yana bir kuçli jamoalaridan biri "Valensiya" bu turni debyutant "Sporting Xixon" maydonida ötkazadi. Ikki jamoa ham ötgan turlarda faqat durang natijalar qayd etgan.

"Atletiko" - "Barselona"
Turning markaziy bahsi Madridda "Atletiko" va "Barselona" örtasida ötkaziladi. Bu öyin Toşkent vaqti bilan soat 23:30da boşlanadi va «NTV + Futbol 2» kanali orqali jonli ravişda efirga uzatiladi.

Uşbu turdan şuningdek, "Betis" – "Real Sosedad", "Granada – "Vilyarreal", "Atletik" – "Xetafe", "Selta" – "Las-Palmas", "Malaga" – "Eybar", hamda "Rayo Valekano" – "Deportivo" bahslari örin olgan.
Ayni vaqtda turnir jadvalining eng yuqori 2 örnida kutilmagan ravişda "Selta" va "Eybar" jamoalari joylaşgan.






