Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiy hukumatni iste'foga çiqariş töğrisidagi qarorga imzo çekib, amaldagi boş vazir Ibrohim Maxlyab va uning mahkamasiga ijro hokimiyatining yangi tarkibi tuzilguniga qadar öz vazifalarini davom ettirişni topşirdi.

Avvalroq, 12 sentabr kuni Maxlyab isteföga çiqiş töğrisida ariza taqdim etgan edi.

Yangi hukumat şakllantiriş vazifasi neft vaziri Şarif Ismoilga topşirildi, deya xabar berdi mahalliy televideniye.

Kuzatuvçilarning qayd etişlariça, 2015 yilning iyunida şakllantirilgan hukumatning iste'foga çiqarilişi Qişloq xöjaligi vazirligidagi amaldorlar, şu jumladan, vazir iştirokidagi yirik poraxörlik mojarosi bilan boğliq.

Misr Qişloq xöjaligi vaziri Saloh Hilol 7 sentabr kuni korrupsiyada gumon qilinib, hibsga olingan edi.