Ozarbayjon poytaxti Boku şahrida şaxmat böyiça Jahon kubogi start oldi. Dunyoning kuçli 128 nafar şaxmatçisi dona surayotgan yilning uşbu nufuzli musobaqasi olimpiya tizimida ötkazilib, har bir bosqiçdan söng mağlubiyatga uçragan iştirokçi turnirni tark etdi. 

Jahon kubogida 35-raqam ostida tasniflangan 17-jahon çempioni Rustam Qosimjonov 1/64 final bosqiçida kanadalik Aleksey Kovalev bilan uçraşdi. Reytingda raqibidan ança yuqorida turişiga qaramay, hamyurtimiz bu partiyada durang bilan çeklandi. Bugun şaxmatçilar yana bir bor töqnaş kelişadi.

Eslatib ötamiz, Jahon kubogining umumiy mukofot jamğarmasi 1 million 600 ming dollarni taşkil etadi. Ğolib şaxmatçi 96 ming dollarga ega böladi. Vitse-çempion 64, yarim finalçilar 40, çorak finalga yetib kelgan grossmeysterlar esa 28 ming dollarga öz hamyonlarini boyitib olişadi.

Manba. olamsport.com