AQŞning Nyu-York şahrda yakuniga yetib borayotgan “Katta Dubulğa” turkumiga kiruvçi US Open turnirining ayollar örtasidagi bahslarida final iştirokçilari ma'lum böldi. E'tiborlisi, ilk bor uşbu musobaqaning finaliga bir yöla ikki nafar italiyalik tennisçilar yetib kelişdi.
Serena Uilyams va Roberta Vinçi örtasidagi yarim final uçraşuvida mezbonlar vakili kutilmaganda 6:2, 4:6, 4:6 hisoblarida mağlub böldi.
Bu bilan Roberto raqibasini joriy yil hisobidan ötkazilgan barça “Katta Dubulğa” turnirlari boş mukofotini qölga kiritişdan mahrum qildi. Şuningdek, Vinçi Serenaning 33ta öyindan iborat ğalabali seriyasiga ham çek qöydi.
Undan oldinroq esa italiyalik yana bir tennisçi Flaviya Pennetta ruminiyalik Simona Xalepni 6:1 va 6:3 hisoblarida yengib finalga çiqqandi.
Ma'lumot uçun, 31 avgust kuni boşlangan AQŞ oçiq çemionati 13 sentabr kuni yakunlanadi. Turnirning mukofot jamğarmasi 42 253 400 dollarni taşkil etadi. Bahslar xard kortlarda ötkazilmoqda.






