Çimkent hayvonot boğida begemot tuğildi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz muxbiri.
Hayvonot boğidagi Lambada laqabli urğoçi begemotning közi yoridi. Mutaxassislarning ta'kidlaşiça, begemotlarning hayvonot boğlarida tutqunlikda tuğilişi kamdan-kam kuzatiladigan holatdir. Begemot bolasining jinsi hali aniqlanmadi. Unga 40 kundan keyin nom beriş rejalaştirilmoqda. Hayvonot boği şahar aholisining bu boradagi takliflarini körib çiqmoqçi va unga Çimkent şahri bilan boğliq nom berişni rejalaştirmoqda.
Lambada Çimkent hayvonot boğiga 23 yil avval olib kelingan. Bungaça begemot Moskvadagi hayvonot boğida yaşagan.






