AQŞlik maşhur boksçi Floyd Meyvezer Andre Bretoga qarşi ötkazgan jangi faoliyatidagi oxirgi jangi ekanligini yana bir bor tasdiqladi.

“Mening faoliyatim poyoniga yetdi. Har doim qaçon töxtaş kerakligini biliş kerak. Hozir buni men ham qilişim vaqti keldi.

Men boksda 19 yil ötkazdim va undan 18 yili davomida çempion böldim, şuning uçun men kimgadir yana nimanidir isbotlaşimga hojat qolmadi.

Men özimni moliyaviy tomondan yaxşi his qilmoqdaman va hozir men ajoyib soğliqqa egaman. Özimning tarixdagi örnim haqida gapirişni istamayman, buni boks muxlislari muhokama qila qolişsin.

Biroq mening rekordlarimdan kimdir qaçondir ötib ketişini körişga sabrim çidamyapti”, deb aytmoqda boksçi.

Ma'lumotlarga köra, Meyvezerga 12 sentabrda Andre Bretoga ötkazgan öz faoliyatidagi 49- va oxirgi jangi uçun 32 mln dollar, uning raqibiga esa 4 mln dollar va'da qilingan edi.