Germaniya hukumati Avstriya bilan çegarada muhojirlar oqimini nazorat qiliş maqsadida nazorat-ötkazuv nuqtalarini taşkil qiladi. Bu haqda mahalliy OAVlar xabar tarqatgan.

Bild naşri xabariga köra, Bavariya yerlarida şunday nuqtalar taşkil qilinadi. Avstriyaning Kronen Zeitung naşrida aniqlik kiritilişiça, Germaniya politsiyaçilari bunday nuqtalarda Avstriya orqali mamlakatga kirib kelayotganlarning qaysilari muhojir maqomida Germaniya hududiga ötişi mumkinligini aniqlab berişadi. Hozirça, qöyiladigan talablarga aniqlik kiritilmagan.

Xabarlarda aytilişiça, nemis hukumati Avstriya bilan boğlangan temir yöllarda harakatni töxtatib turiş ehtimolini körib çiqmoqda.

Der Spiegel naşrida esa mamlakat taşqi işlar vaziri Tomas de Mezer yaqin vaqt içida çegarada qanday yangi tartiblar kiritilişi böyiça aniq ma'lumotlar bilan çiqiş qilişi haqida xabar berilgan.

Eslatib ötamiz, 13 sentabr kunining özida Myunxen şahriga 13 mingga yaqin qoçqinlar kirib keldi va şaharda joy yetişmovçiligi muammosi paydo böldi.

Myunxen meri şaharda navbatdagi muhojirlarni joylaştiriş imkonlari qolmagani töğrisida bayonot bilan çiqqan.

Ayni vaqtda şaharda bölib turgan 5 ming nafarga yaqin muhojirni joylaştiriş masalasi kun tartibida turibdi. Şahar hokimiyati ular uçun 1972 yilgi Olimpiada uçun qurilgan sport majmualarini muhojirlar uçun moslaştiriş variantini körib çiqmoqda.