Dunyoning birinçi raketkasi Novak Jokoviç “Katta Dubulğa” turkumiga kiruvçi AQŞ Oçiq çempionatining erkaklar örtasidagi turniri ğolibiga aylandi.

13 centyabr oqşomida Jokoviç tört set davom etgan hal qiluvçi final uçraşuvida dunyoning ikkinçi raqamli tennisçisi şveysariyalik Rojyer Federerga qarşi kortga çiqdi va 6:4, 5:7, 6:4, 6:4 hisoblari bilan ğalaba qozondi.

Kuçli yomğir tufayli öz vatidan keçikib boşlangan bahs 3 soatu 23 daqiqaga çözildi.

Şu tariqa, Jokoviç "Katta Dubulğa" turnirlaridagi öninçi ğalabasini qayd etdi.

Eslatib ötamiz, 12 sentabr kuni turnirning ayollar örtasida keçgan bahslarida italiyalik Flaviya Pennetta ğolib bölgandi.