Angliya çempionatining 5-turidan örin olgan “Sanderlend” hamda “Tottenxem” klublari örtasidagi uçraşuvda nihoyat "şporlar" ham mavsumdagi ilk ğalabasini qayd etdi. Uşbu öyinda Meyson tomonidan urilgan gol mehmonlarning 0:1 hisobidagi ğalabasini ta'minladi.

Qayd etiş kerakki, bu öyinda "Tottexem"ning yozgi transferlar yakunida xarid qilgan yangi a'zosi, koreyalik Son Xyong Min debyut qildi.

Bu ğalabadan keyin Poçettino şogirdlari oçkolari sonini 6taga yetkazdi va jadvalning 12-örniga kötarildi. "Sanderlend" 2 oçko bilan eng quyi örinda qolmoqda.

Angliya çempionati. 5-tur

Sanderlend – Tottenxem 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 82 Meyson.
Sanderlend – Pantilimon, Jons, O′Şi, van Anxolt, Kabul, Mvila, Gomes (Kettermoul, 74), Lens, Defo, Borini (Uotmor, 74), Toyvonen (Roduell, 81).
Tottenxem – Loris, Vertongen, Devis, Uoker, Dayyer, Meyson (Kerroll, 85), Şadli, Alli (Lamela, 67), Alderveyreld, Keyn, Son Xyn Min (Taunsend, 62).
Ogohlantirişlar: Vertongen (16), Borini (21), Jons (42).