Bu holat hammamizga taniş. Telefonimizni oliş uçun qölimizni çöntagimiz yoki sumkamizga suqamiz, lekin uni topa olmaymiz. Şu zahoti yuragimiz taka-puka bölib ketadi. Telefonim qayerda qoldirib ketdi? Işxonadami? Oşxonadami? Maşinada tuşib qoldimi? Vahimaga tuşamiz. Ayni paytda nima bilan maşğul ekanligingizning ahamiyati yöq – eng asosiy vazifa zudlik bilan telefonni topiş böladi.
Nima uçun telefonimizni yöqotib qöyganimizda bunday holatga tuşib qolamiz? Nega özimizni qölga olişimiz va ijtimoiy tarmoqlarga heç bölmasa bir kun kirmaslik şunçalar qiyin? Ma'lum bölişiça, zamonaviy texnologiyalar miyamizga şu darajada kuçli ta'sir etarkanki, bizning giyohvandlardan farqimiz qolmas ekan.
Gadjyetlar zöriqişga olib keladi

Zamonaviy uskunalardan foydalaniş zöriqiş gormoni – kortizol miqdorining oşişiga olib keladi. Internet bizga ma'lumotlar oliş uçun erkinlik berdi va unda yaxşi xabarlarni ham, insonlarning asabini junbuşga keltiruvçi yomon xabarlarni ham köramiz. Tadqiqotlardan ma'lum bölişiça, bir kunda uç soatdan ortiq vaqt davomida komyuter va telefonda öyin öynaydigan bolalarda zöriqiş gormoni me'yordagidan uç barobar yuqori bölar ekan.
Siz köp narsani bilasiz, lekin tez unutasiz

Birorta yangi narsa bilan tanişganimizda, olingan ma'lumotni xotiraga köçiriş uçun miyamizga vaqt kerak böladi. Lekin texnologiyalardan muntazam foydalaniş bu jarayonga xalaqit beradi. Bir kunda 8-9 soat davomida kompyuter monitoriga termulib ötiramiz, uyga yetgunimizça telefonimizda internetga kiramiz, uyda esa televizor qarşisida ovqatlanamiz va uxlaymiz. Ertasiga yana şu holat davom etadi. Olimlarning fikriça, bunday hayot tarzi miyani işdan çiqaradi.
Yorqin ekran uyquni buzadi

Nevrologlarning ta'kidlaşlariça, telefon, planşet va kompyuterlardan çiqadigan yoruğlik uyqu gormoni – melatonin işalb çiqarilişini sekinlaştiradi. Tun kirişi bilan miyada melatonin işlab çiqarila boşlaydi va tanamizga uxlaş vaqti bölganini buyuradi. Yoruğlik esa miyani hali keç kirmagan deb hisoblaşga majbur qiladi. Har safar uxlaş oldidan telefonga termuliş miyani dam olmaslikka majburlaydi. Uyqu yetişmasligi esa tuşkunlik va asabiylikka olib keladi.









