Hewlett-Packard kompaniyasi faoliyati qayta taşkil etilayotgani (restrukturizatsiya) munosabati bilan xodimlar ştatini 25 ming nafardan 30 mingaça qisqartirişi mumkin. Bu haqda Bloomberg agentligi ma'lum qildi.
Korporatsiya 2,7 mlrd dollar iqtisod qilinişiga olib keluvçi ikkita alohida kompaniyaga bölinadi. Naşr ma'lumotlariga köra, ştat qisqartişlariga birinçi navbatda kompaniya tarkibidagi turli xil xizmatlarni körsatişga ixtisoslaşgan taşkilotlar xodimlari duç kelişadi.
Hewlett-Packard kompaniyasi avvalroq muassasani körsatilayotgan xizmatlarga köra ikkiga böliş rejasi sababli öz xarajatlarini 2 mlrd dollarga qisqartiş mumkinligi töğrisida ma'lum qilgandi. Şu bilan birga, HP boş moliyaviy direktori Tim Stounsayfer kompaniya qöşimça ravişda 700 mln dollar iqtisod qiliş usulini topganini ham aytib ötgan edi.






