Hyundai kompaniyasi Los-Anjyelesdagi san'at muzeyida Vision G nomli yangi kontseptual kupe taqdimotini ötkazdi. Işlab çiqaruvçi “Bölajak premial modellar oilasining boşlanmasi” deb atadi.

Kontsept-kar markaning AQŞdagi dizayn studiyasi tomonidan işlab çiqildi. Işlanmalarda Hyundai kompaniyasining boşqa davlatlarda işlovçi mutaxassislari ham iştirok etdi.
Vision G 5 l li 8 silindrli Tau dvigateli bilan ta'minlandi. Agregatning quvvati 420 ot kuçiga teng.

16 avgust kuni yangi model AQŞning Pebbl Biçidagi nazokat tanlovida iştirok etadi.
Vision G seriyali tarzda işlab çiqarilişi mumkin-mumkin emasligi haqida heç qanday rasmiy ma'lumot berilmadi.







