8-18 sentabr kunlari Qozoğiston böylab terrorçilikka qarşi harbiy öquvlar ötkaziladi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Oybolta” nomli öquvlarga 10 ming harbiy va 2 ming texnika birligi jalb qilinadi.
Maşğulotlar davomida harbiylar terrorçi guruhlarga qarşi kuraşiş, öt ostida Ili daryosidan keçib ötiş, harbiy samolyotlardan foydalanişni maşq qiladilar.
Maşğulotlarda harbiy qismlar, çegara xizmati va harbiy havo kuçlari xodimlari, mahalliy hokimiyat organlari iştirok etadi.






