Subway tez tamaddixonalar tarmoği asosçi Fred De Lyuk 68 yoşida olamdan köz yumdi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi ma'lum qildi.
Qayd etilişiça, erkak uzoq davom etgan oqqon kasalligidan keyin vafot etdi. Joriy yilning iyunida Subway’ga boşçilik qilişni uning singlisi Syuzanna Greko öz qöliga olgan edi.
Fred De Lyuk 1965 yilda Konnektikut ştatida tarmoqning birinçi restoranini oçgan. Dastlab bu tarmoq “Pitning super submarinalari” (restoranda taklif qilinadigan sendviçlar suv osti kemasi öxşagani sababli) deb atalgan edi va özining “BMT” (ba'zi taxminlarga köra, “BMT” – “Biggest, Meatiest, and Tastiest” – “Kattaroq, göştliroq va mazaliroq” ma'nosini bildiradi) sendviçi evaziga maşhur bölib ketgan.
2002 yilda Subway dunyo böylab oçilgan restoranlarining soni böyiça McDonald's kompaniyasini ortda qoldirgan.






