Symphony kompaniyasi Uoll-Strit moliyaviy taşkilotlariga möljallangan ijtimoiy platformani işga tuşirdi. Bu haqda kompaniya xabarnomasidan ma'lum böldi.

Platforma yangiliklar hamda tahlilçilarning fikrlarini berib boradi, u, şuningdek, elektron poçta bilan uyğunlikda işlaydi. Taşqi jihatdan servis Twitter’ga öxşaş böladi: unda xeşteglar böladi. Xakerlardan platformani himoya qiliş uçun işlab çiqaruvçilar şifrlaş texnologiyasidan foydalanmoqda.

Yangi mahsuloti yordamida Symphony Bloomberg LP va Thomson Reuters terminallari bilan raqobatga kirişmoqçi. Bunda asosan körsatiladigan xizmatlarning arzonroq bölişiga umid bildirilmoqda. Masalan, platformadan foydalaniş uçun oyiga 15 dollar tölaş kerak böladi, vaholanki Bloomberg terminallarining bir oylik narxi 1 850 dollar turadi.