Çili hukumati mamlakat hududida sunami xavfi tahdidida joriy qilingan favqulodda vaziyatni bekor qildi.

Bundan oldinroq, mamlakatda oxirgi 5 yil içida yuz bergan eng kuçli (6,4 balli) zilzila tufayli qirğoqlarga 4,5 m balandlikdagi sunami yaqinlaşişi mumkinligi aytilgandi.

Ma'lum qilinişiça, ayni vaqtda hududlardan köçirilgan aholi öz uylariga qaytarilgan.

Eslatib ötamiz, 17 sentabrga ötar keçasi Tinç okeanining Çili qirğoqlariga yaqin qismida 8,3 balli zilzila sodir bölgandi. Bu hodisadan keyin Çilining quruqlikdagi qismida 4 marta qaytalaniş kuzatildi.

Oxirgi ma'lumotlarda, zilzila tufayli 5 kişi halok bölgani va 1 mln kişi xavfsiz hududlarga köçirilgani aytilgandi.