TeliaSonera kompaniyasi “Yevrosiyo” mintaqasidagi, şu jumladan, Özbekistondagi faoliyatini ham sekin-asta töxtatadi. Bu haqda kompaniya prezidenti Yoxan Dennelind axborot berdi.
Kompaniyaning manfaat doirasidagi “Yevrosiyo” mintaqasiga, Özbekistodan taşqari, Qozoğiston, Tojikiston, Ozarbayjon, Moldova, Gruziya va Nepal kiradi.
«Biz bu jarayonni bir bozordan ikkinçi bozorga ötkazib boramiz, çunki har bir mamlakatda va har bir kompaniyada öziga xos vaziyat, ammo bizning vazifamiz oxir-oqibat butun mintaqani tark etişdir”, — dedi kompaniya rahbari.
Joriy yilning iyun oyida TeliaSonera’ga aksiyalarining asosiy qismi tegişli bölgan Ucell kompaniyasi 7 yilligini nişonladi. Ayni paytda uning abonentlari miqdori 8.5 mln kişini taşkil qiladi. Mamlakat böylab kompaniyaning 22 ofisi joylaşgan, dilerlik tarmoqlari 2 300dan ortiq savdo punktlarini öz içiga oladi.






