Tarim botiğida tadqiqot olib borayotgan olimlar yer ostida nihoyatda ulkan suv zaxiralari mavjud ekanini aniqlaşdi.
Xitoy ğarbida joylaşgan Tarim botiğida Xitoy akademiyasi olimlari iş olib borayotgan edi.

Mazkur hududda dunyodagi eng ulkan qumli sahrolaridan biri — Takla-Makon joylaşgan. Dastavval olimlar nima sababdan uşbu qup-quruq makonda katta miqdordagi karbonat kislotasi gazi yutilişini aniqlamoqçi bölişdi, deya xabar bermoqda Naked Science.

Mazkur hodisa odatda örmon yoki dengiz bor joylarda kuzatilar edi. Keyinroq ma'lum bölişiça, sahro öz ostida ulkan okeanni yaşirib kelayotgan ekan. Ta'kidlanişiça, uning suv zaxirasi Amerikadagi barça buyuk köllarning birgalikdagi bisotidan ön barobar köproq.

Hozirça olimlar yer ostidagi suvning aniq miqdorini aytişgani yöq. Biroq bir narsa aniq: uning suvini nihoyatda şörligi sabab içib bölmaydi. Boşqa tomondan, yer osti okeani resurslaridan Xitoy qişloq xöjaligi maqsadlari uçun foydalansa bölişi aytilmoqda. Öz navbatida, yangi topilma olimlarni çöllar va ularda sodir böladigan jarayonlar haqidagi qaraşlarini qayta körib çiqişni taqozo etmoqda.

Uglerodlarni faol öziga yutuvçi yana bir çöl — Moxave AQŞda joylaşgan. Demak, u ham öz bağrida katta suv zaxirasini yaşirib yotgan bölişi mumkin. Olimlar esa sahrolar ham insonlarni atmosferaga çiqariluvçi zararli gazlardan okeanlar va örmonlar kabi saqlaşi haqidagi ğoyani ilgari surmoqda.