Amazon kompaniyasi 49.99 dollar turadigan yangi planşetli kompyuterni sotuvga çiqarişini ma'lum qildi. U 30 sentabr kuni bozorda böladi.
“Biz bozorga nihoyatda arzon narxdagi kuçli planşet çiqaramiz”, - deyiladi kompaniya tarqatgan xabarnomada.

Mahsulotning xaridorgirligini ta'minlaş uçun kompaniya imtiyoz aksiyasini e'lon qildi. Unga köra, 5ta yangi kompyuter sotib olgan mijoz 6-siga bepul ega böladi.
Planşetning negiz funksiyalari sirasiga matnlar, videomateriallar köriş, audio eşitiş va videoöyinlar öynaş kiradi. Bunda asosan Amazon’ning öz xizmatlari mahsulotlari ustuvor köriladi.

Portativ kompyuter 4 yadroli protsessor v 8 GB örnatilgan xotiraga ega. Xotirani 128 GBgaça kengaytiriş mumkin.