Chevrolet kompaniyasi SS sedanining yangilangan versiyasini taqdim etdi. U ilgarigi versiyadan agressiv taşqi körinişi bilan farqlanadi.

Sedan kuzovining old qismiga özgartirişlar kiritilib, unga xromli qöşimçalar va vertikal tonnelar qöşildi. Aytilişiça, ular havo oqimini optimallaştirib, aerodinamikani yaxşilaydi.

Şuningdek, Chevrolet SS kapotida ventilyatsion teşiklar oçildi. Uning yangi diodli çiroqlari va 19 dyuymli alyuminiy disklari ham boşqaça qiyofa kasb etdi.
Maşina 6. 2 l li 8 silindrli motorga ega bölib, u 420 ot kuçiga ega. Dvigatel 6 diapazonli mexanik yoki avtomat ötkazmalar qutisi bilan uyğunlikda işlaydi. Sedan 4.7 sekundda 96 km soat tezlikka çiqadi.

Maşinaning narxi hozirça ma'lum emas.