17 sentabr oqşomida Yevropa ligasi turnirining 1-tur öyinlari ötkazildi. 1-tur doirasida 12ta guruhdan joy olgan 48ta jamoa iştirokida 24ta öyin bölib ötdi.

Birinçi turda eng yirik hisob "Napoli" va "Bryugge" jamoalari örtasidagi öyinda qayd etildi. Mezbonlar javobsiz 5ta gol urişdi.

Turnir favoritlaridan biri sifatida qaralayotgan "Liverpul" safarda "Bordo"ni yenga olmadi.

Angliyaning yana bir jamoasi "Tottenxem" öz maydonida Ozarbayjonning "Qoraboğ" jamoasini qabul qildi va 3:1 hisobida zafar quçdi.

"Borussiya D" esa öz maydonida "Krasnodar"ga qarşi qiyin uçraşuv ötkazib, 2:1 hisobida ğalaba qozondi.
Italiyaning "Fiorentina" jamoasi öz uyida "Bazel"dan 1:2 hisobida yengildi.

Şuningdek, "Şalke" safarda APOEL jamoasini, "Marsel" "Groningen"ni 3:0 hisoblarida yenggan.

A guruhi
Fenerbaxçe (Turkiya) – Melde (Norvegiya) 1:3 (1:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 36, penalti Xoyland, 1:1 – 42 Nani, 1:2 – 53 Elyunussi, 1:3 – 65 Linnes.
Ogohlantirişlar: Topal (24), Elyunussi (25), Nani (35), Potuk (79).
Çetlatiş: Elyunussi (84).

Ayaks (Gollandiya) – Seltik (Şotlandiya) 2:2 (1:2, 1:0)
Gollar: 0:1 – 8 Biton, 1:1 – 24 Fişer, 1:2 – 42 Lyustig, 2:2 – 84 Şene.
Ogohlantirişlar: Isagirre (55), Lyustig (64), Yuxansen (67), Serero (89).
Çetlatiş: Isagirre (73).

V guruhi
Son (Şveytsariya) – Rubin (Rossiya) 2:1 (1:0, 1:1)