Özbekistonning “Söğdiyona” xalq asboblari davlat orkestrining 3 oktabr kuni Toşkentda konsertiga fransiyalik dirijyor Faben Teeriksen boşçilik qiladi. Kontsert dasturi Özbekiston davlat konservatoriyasining katta zalida ötkaziladi.

Fransiya elçixonasining taşabbusi bilan taqdim qilingan loyiha ikki musiqiy an'ana hamkorligining öziga xos tajribasi böladi. Kontsert dasturi fransuz klassiklari amo, Bize, Massne, Ravelya, Sen-Sansa ijodi namunalaridan iborat böladi. Ular maxsus ravişda özbek xalq çolğularida ijro etiladi.

Faben Teeriksen Fransiyaning bir qator orkestrlarida dirijyorlik qiliş bilan birga, Germaniya, Polşa, Ruminiya, Vengriya, Rossiya, Qozoğiston va Xitoydagi köplab loyihalarda iştirok etgan.

Kontsertga kiriş bepul. Çiptalarni Fransiyaning Özbekistondagi elçixonasidan oliş mumkin. Manzil: Istiqbol köçasi, 25,100047 Toşkent, (+998 71) 233 53 82 /233 53 84 hamda [email protected].