AQŞda Kubaning yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elçisi Xose Ramon Kabanyas Rodriges boşçiligidagi delegatsiyani qabul qiliş marosimi bölib ötdi.
Reyter agentligining ma'lum qilişiça, AQŞ tomoni bu uçraşuv vaqtida Kuba bilan iqtisodiy sohalarda hamkorlikni rivojlantirişdan manfaatdor ekanini ta'kidlagan.
Şuningdek, uçraşuv vaqtida Kuba hududida ikki davlat hamkorligida qöşma korxonalar faoliyati yölga qöyilişi aytilgan.
Şu bilan birgalikda, Assoşeyted Press naşrida yozilişiça, 2 davlat şu yilning oxirigaça özaro poçta jönatmalarini va doimiy ravişda tijoriy reyslarini yölga qöyişni rejalaştirgan.
Eslatib ötamiz, şu yilning iyulida AQŞ va Kuba yarim asrlik tanaffusdan keyin özaro munosabatlarni tiklagandi.






