«Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasi A320 samolyotining yangi töliq pilotajli trenajyer – Full-flight-simulyatorini xarid qildi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Manbaning yozişiça, mazkur uskuna kanadalik işlab çiqaruvçilar tomonidan tayyorlangan bölib, mazkur qurilma yordamida uçuvçi real parvoz davomida sodir bölişi mumkin bölgan turli kutilmagan holatlarda köriladigan çoralar böyiça tayyorgarlik olib borişadi. Sotib olingan mazkur maşğulot simulyatori barça zamonaviy kompyuter texnologiyalari bilan jihozlangan bölib, aynan A320 aviaulovining kabinasini eslatadi. Uning oğirligi taxminan 10 tonnani taşkil qiladi.

Hozirda kanadalik mutaxassislar mazkur simulyatorni örnatiş-montaj işlarini yakunlaşmoqda.

30 sentabrdan esa boşqa bir guruh mutaxassislar qurilmani dasturiy tomondan ta'minlaydilar. Şundan söng qurilma közdan keçiriladi va barça talablarga javob bergan taqdirda Özbekiston aviatsiya davlat nazorati tomonidan mazkur qurilmadan foydalaniş uçun ruxsatnoma beriladi. Full-flight-simulyatorini noyabr oyining sönggiga qadar töliq işga tuşiriş rejalaştirilgan.