Bugun Angliya Premer-ligasining 6-tur uçraşuvlariga start beriladi.
ÇeLSI - ARSeNAL
Turning markaziy uçraşuvi Londonda ötkaziladi. Bugun "Çelsi" va "Arsenal" jamoalari derbi bahsida maydonga tuşişadi.

Bu öyin arafasida mezbonlar 5ta öyindan keyin 4 oçko jamğargan holda 17-örinda joylaşgan. "Arsenal" esa 10 oçko bilan 4-örinda.
Qayd etiş kerakki, 16 sentabr kuni "Çelsi" YeÇLning guruh bosqiçini "Makkabi"ni 4:0 hisobida mağlub etgan holda muvaffaqiyatli boşladi. Şundan söng, muxlislar va mutaxassislar jamoaning omadsizliklari yakunlangani haqida fikrlar bildirişni boşladi.
"Arsenal" esa YeÇLni safarda "Dinamo Zagreb"dan 1:2 hisobida yengiliş orqali boşladi.

Bu jamoalarning oxirgi uçraşuvi şu yilning 4 avgustida ötkazilgan, Angliya Superkubogi uçun bahsda "Arsenal" 1:0 hisobida ğalaba qozongandi.
Ma'lumot uçun, uşbu ikki jamoa APL taşkil topganidan buyon "Stemford Brij" stadionida 23 marta özaro öyin ötkazişgan va bu öyinlarda "Çelsi" 10 marta, "Arsenal" 7 marta ğalaba qozongan. Yana 6ta öyin esa durang natija bilan yakunlangan.
Mançester Siti - Vest Xem
















