Saraton kasalidan vafot egan rossiyalik xonanda Janna Friskening turmuş örtoği teleboşlovçi Dmitriy Şepelev xonandaga atalgan kitob yaratişi haqidagi rejalari bilan bölişdi.

Teleboşlovçining aytişiça, u bölib ötgan voqealar bilan bölişişga ehtiyoj sezmoqda va xonandaning kasallik bilan oğir va jasur kuraşi haqida gapirib bermoqçi.

“Menda kitob yozişga şunday ehtiyoj paydo böladi deb öylamagandim. Kitob televideniye yoki şou-biznes haqida emas, balki bu oğir kasallikni yengiş uçun nimalarga yuz kelganimiz va bosib ötganimiz haqida böladi. Kitob biz bilan nima sodir bölgani, öz öziga işonçni yöqotmaslik kerakligi, yoningda bölganlar haqida. Şuningdek, kitob qoronğu yoki yoruğligidan qat'iy nazar har bir kunni yaxşi köriş kerakligi haqida”, deb aytdi Şepelev. Biografik naşrning qatta qismi muhabbat mavzusiga bağişlanadi.

Rossiyalik maşhur xonanda Janna Friske 15 iyunda keçki payt uzoq davom etgan saraton kasalidan 41 yoşida vafot etdi.