Turkiyaning Samsun şahrida taekvondoning VTF yönalişi böyiça yilning nufuzli musobaqalaridan biri – Gran-Pri turniri davom etmoqda. 18 sentabr kuni musobqaning ilk kunida mutloq vazn (+87) toifasidagi bahslar bölib ötdi. Unda bir yöla özbekistonlik ikki nafar sportçi dayanga çiqdi. Bu haqda olamsport.com xabar bergan.

Dunyo reytingida birinçi örinni egallab turgan Jasur Boyqöziyev ikkinçi davra bahsida koreyalik Çi Jol Xoga oltin oçko farqi bilan 3:4 hisobida imkoniyatni boy berib qöydi. Aynan koreyalik taekvondo ustasi yakunda Samsun Gran-Prisi ğolibligini qölga kiritdi.

Amaldagi jahon çempioni Dmitriy Şokin esa yarim finalga qadar mağlubiyatsiz yetib bordi. Bu bosqiçda esa eronlik raqibiga 5:6 hisobida yutqazib, bronza medali bilan taqdirlandi.

Qayd etiş kerakki, har ikki sportçi reytingda öz örinlarini saqlab qolişdi. Jasur Boyqöziyev 338 oçko bilan hamon birinçi örinda. Şokin esa ikkinçi poğonadan joy olgan. Bugun aka-uka Maksim va Nikita Rafaloviç medallar uçun bahslarga kirişişadi.