"Şaxtyor” jamoasi boş murabbiyi Mirça Luçesku “Real” hujumçisi Kriştianu Ronalduni keskin tanqid qildi.
Ruminiyalik mutaxassisning aytişiça, madridliklar uning jamoasiga qarşi YeÇL guruh bosqiç 1-turidan örin olgan öyin vaqtida boş hakamga tazyiq ötkazişgan.
“Menimça, Ronalduga “Ğirrom öyin uçun” sovrinini topşirsa bölaveradi. U aslida penalti bölmagan joyda hakamdan 11 metrlik jarima zarbasini talab qilib oldi. Va har safar hakam uning noroziliklaridan hayiqib, madridliklar foydasiga qaror çiqaraverdi.
Penaltidan boşqa vaziyatda Ronaldu Stepanenkoning birinçi kartoçkasini sörab oldi, şuningdek, jarima zarbasini ham. Aslida u yerda öyin qoida buzilmagan edi.
Takrorlayman: "Real" safida buyuk öyinçilar töp suradi. Afsuski, ular ijobiy natijaga har qanday yöl bilan bölsa-da erişişga urinişmoqda”, - deydi Luçesku.






