2015 yil 18 sentabrda Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) Özbekiston davlat jahon tillari universiteti (ÖDJTU) bilan hamkorlikda professional tarjimonlarni tayyorlaş böyiça auditoriyani oçiş marosimini ötkazişdi.
Marosimda Koreya Respublikasining Özbekistondagi elçisi Li Uk Xen, KOICA’ning Özbekistondagi idorasi direktori Im Jong Xi, ÖDJTU rektori Şuxrat Qayumov va boşqa yuqori lavozimli şaxslar iştirok etdilar.
Tarjimonlar uçun möljallangan ilğor texnika bilan jihozlangan modernizatsiyalaşgan auditoriya tarjimonlarni yuqori sifatda tayyorlaş uçun xizmat qiladi. Bundan taşqari, Koreyaga trening kurslarga taklif qiliş va koreyalik mutaxassislarni Özbekistonga jönatiş orqali tarjimonlarni tayyorlaş sohasida özbekistonlik mutaxassislarning salohiyatini mustahkamlaşga erişiş közda tutilmoqda.
Koreya Respublikasi elçisi marosimdagi tabrik nutqida “Globallaşuv vaqtidagi raqobatbardoşlik xorijiy tillarni bilişga boğliq va uşbu auditoriyaning oçilişi munosabati bilan yoş xodimlar yanada yaxşiroq şaroitlarda ta'lim olişlarini tilab qolaman”, deb aytdi.






