Uyqu oldida barça birdek ojiz bölib qoladi. oğir ötgan iş kunidan söng talaba ham, rahbar ham barça birdek qattiq toliqadi. Bu çarçoqlar xalqaro siyosatdonlarni ham çetlab ötmaydi, albatta. Ular ham çarçaşadi va doim ham oyoq uzatib dam olişga imkonlari bölmaydi. Quyida keltirilayotgan suratlar bunga yaqqol misol böla oladi.

1. 2011 yilda Rimda bölib ötgan harbiy parad paytida Silvio Berluskoni boşini baland tutgan holda, heç kimdan andişa qilmay uxlayapti. Uning ortida ostida Italiya Senati spikeri Renato Şifani turibdi.

2. 2008 yilda Nyu-Yorkda bölib ötgan BMT xavfsizlik masalalari majlisida Buyuk Britaniya boş vaziri Gordon Braun şiringina uyquga ketgani kadrlarda muhrlanib qoldi.

3. 2011 yilda Kuba poytaxti Gavana şahrida bölib ötgan 6-Kuba kommunistlari kongressida mamlakat sobiq prezidenti Fidel Kastro mudrab qoldi.

4. 2012 yilning may oyida Avstriya parlamentida zöravonlik va mahalliyçilik qurbonlari xotirasiga bağişlab ötkazilgan marosimda mamlakat prezidenti Xaynts Fişerni uyqu ilitdi.

5. Qiroliça Yelizaveta 2004 yilning noyabr oyida Dyusseldorfdagi universitet gospitalida bölib ötgan tadbirda uxlab qoldi.

6. Bu siyosatdonlar Yaponiya boş vaziri Şinzo Abe hamda Yaponiya moliya vaziri Taro Aso hisoblanişadi. Ular birgalikda 2013 yilda Tokioda bölib ötgan byudjyet komitetining majlisida uyquni urişmoqda.

7. Fransiya prezidentini Fransua Ollandni 2014 yilda Yelisey saroyida uyqu ustida qölga olişdi.
















