AQŞ Yevropada 12 ta A-10 Thunderbolt II hujumçi samolyotlarini joylaştiradi. Bu samolyotlarga şaxsiy tarkibning 300 xodimi xizmat körsatadi, deb xabar berdi TASS axborot agentligi muxbiriga AQŞ qurolli kuçlarining Yevropadagi qömondonligi matbuot xizmati.
“AQŞ harbiy-havo kuçlari butun Yevropa böylab bazalarda NATOning Operation Atlantic Resolve maşğulotlari doirasida xavfsizlikni ta'minlaş çoralarini davom ettiriş maqsadida 12 ta A-10 Thunderbolt II samolyotlarini joylaştiradi. Uçiş ekipajining 300 ga yaqin a'zosi va qöşimça qurilmalar AQŞ HHKlarning Mudi aviabazasidagi 23-aviaqanotning hujumçi samolyotlari bilan birga yuboriladi”, deb aytdi AQŞ HHKning jamoatçilik bilan aloqalarga javob beruvçi xodimi, podpolkovnik Devid Vestover.
Uning aytişiça, samolyotlardan AQŞ va NATOdagi ittifoqçilarning birgalikdagi maşğulotlarida foydalaniladi. Ma'lumotlarga köra, samolyotlar yil oxiriga qadar Markaziy va Şarqiy Yevropa davlatlarida paydo bölişi kerak.
NATO Operation Atlantic Resolve maşğulotlari Ukrainadagi vaziyat tufayli NATOning Şarqiy Yevropadagi a'zo davlatlariga kafolat beriş maqsadida boşlandi.






