Gretsiyada 20 sentabr kuni mahalliy vaqt bilan 07:00 (Toşkent vaqti bilan 08:00)dan muddatidan avval parlament saylovlari boşlandi. Mamlakatda taxminan 9,837 mln fuqaro ovoz beriş huquqiga ega. Ular bir palatali parlamentning tört yillik muddatdagi 300 deputatlik örni uçun kuraş olib borayotgan 14ta partiya nomzodlariga ovoz berişadi.

Ovoz berişlar avvalgi parlament saylovlaridan 18 oy ötmagan bois, partiya röyxati asosida bölib ötmoqda. Şuning uçun saylovçi faqatgina özi qöllab-quvvatlaydigan partiyaga ovoz beradi va familiyalar qatoriga qöşuv belgisini qöymaydi. Aks holda, byulleten yaroqsiz deb hisoblanadi.

Saylov uçastkalari 19:00ga qadar işlaydi.

Gretsiya IIVning TASS muxbiriga ma'lum qilişiça, 21:00dan söng saylovlarning dastlabki natijalari, ikki partiya örtasidagi farq 1 foizni taşkil etsa ham, e'lon qilinadi.

“Bu mamlakatning 8 hududidan natijalar elektron şaklda yuborilişi evaziga ta'minlanadi. Avvallari esa saylov natijalari telefon orqali ma'lum qilinar, bu esa köp vaqtni talab etar edi”, – dedi IIV vakili.

Yakuniy natijalar esa 21 sentabr kuni erta tongda ma'lum qilinadi.

Asosiy kuraşlar 41 yoşli Aleksis Tsipras yetakçiligidagi radikal söl kuçlar koalitsiyasi va 61 yoşli rahbari Vangelis Meymarakis rahbarligidagi evolyutsion özgarişlar tarafdori hisoblangan “Yangi demokratiya” öng markazçilar örtasida bölib ötişi kutilmoqda.

Ğolib partiya hukumatni şakllantiriş huquqiga ega böladi. Agarda u mutlaq köpçilik — 151 öringa ega bölmasa, kamroq mandatlarni qölga kiritgan partiya bilan koalitsiya tuzilişi lozim. Aks holda, Gretsiya prezidenti vazirlar mahkamasini tuziş huquqini ikkinçi eng köp ovoz töplagan partiyaga topşiradi.