Birlaşgan Millatlar Taşkiloti qurolli mojarolar avj olgan şiroitda Xalqaro tinçlik kunini nişonlamoqda. Mazkur sana arafasida BMT boş kotibi Pan Gi Mun barça harbiy harakatlar iştirokçilarini bir kun davomida qurol-yaroğlarni yiğiştirib, qarama-qarşiliklarni töxtatib turişga çaqirdi.

“Bu yil Xalqaro tinçlik kuni dunyoda zöravonlik kuçaygan, qurolli mojaro avj olgan paytda nişonlanmoqda. Umidsizlikni kuçaytiriş örniga, dunyoda hukmron bölgan zöravonlik va jinoyatlar jazolanmasligiga nuqta qöyişni talab qiliş uçun jamoaviy javobgarlikni öz zimmamizga olişimiz lozim”, - deyiladi Pan Gi Mun murojaatida.

Xalqaro tinçlik kuni 1981 yilda BMT Boş Assambleyasi tomonidan joriy etilgan. 34 yil muqaddam qabul qilingan rezolyutsiyada dastlab mazkur sana sentabr oyining uçinçi seşanbasida nişonlanişi belgilangan edi. 2001 yilda BMT BA yana bir rezolyutsiya qabul qilib, mazkur sana 21 sentabrda nişonlanişini e'lon qildi.

Har yili uşbu kuni BMT boş qarorgohidagi 1954 yilda Yaponiya tomonidan sovğa qilingan “Tinçlik bongi” çalinadi. 116 kg oğirlikdagi qönğiroq BMTga Isroil tomonidan hadya qilingan toş poydevorga mustahkamlangan.

2015 yili tinçlik bongini çaliş marosimida Pan Gi Mun, Boş Assambleyaning 70 sessiyasi raisi Mogens Lyukketoft, BMTga a'zo davlatlar diplomatlari, şuningdek, tinçlik elçilari hisoblangan amerikalik aktyor Mayk Duglas va yozuvçi Jyeyn Gudoll iştirok etadi.