Lotin amerikalik inqilobçi Ernesto Çe Gevaraning qizi Aleyda Gevara 20 sentabrda Gavanada bölib ötgan Rim papasi messasiga taşrif buyurişdan boş tortdi. Ayol Kuba kompartiyasi unga buyurgan bu vazifani ikkiyuzlamaçilik deb atadi, deb xabar bermoqda Yahoo News.

“Men u yerda bir neça soat turib nima qilaman?”, deb taajjublanmoqda Kuba kompartiyasidagi muhim şaxslardan hioblanuvçi Gevara. Pontifikning Kubaga kelişidan oldinoq Gevara uning iştirokidagi ibodatga borişiga gumon qilayotgan edi
va buni din erkinligi va ateistik e'tiqod erkinligi bilan tuşuntirgan edi.

Inqilob maydonida Rim papasi nutq sözlaganda kubaliklarni xayrixohlik, döstona munosabat, hayotdan zavq olişni biliş, öz yaqinlari haqida ğamxörlik qiliş kabi milliy qadriyatlarini saqlab qolişga çaqirdi. Pontifik Kuba xalqini “avliyo va Xudoga e'tiqodli” deb atadi.

Rim papasi Frantsisk Kubaga 19 sentyarbdan taşrifini boşladi. U hammasi bölib Kubada 5 kun böladi va xususan Fidel Kastro bilan uçraşadi. Söngra papa AQŞga taşrif buyurib, Vaşington, Nyu-York va Filadelfiya şaharlariga boradi hamda Barak Obama bilan uçraşadi. Frantsisk AQŞ kongressi vakillar palatasi va senati qöşma yiğilişida iştirok etadi va bu yiğilişda iştirok etgan birinçi pontifik böladi.