Instagram fotoxizmati va Facebook ijtimoiy tarmoği “VKontakte”ga boğlanuvçi faol ilovalarni bloklaydi.

Endilikda Facebook ijtimoiy tarmoğida şaxsiy xabarlar va yangi yozuvlarga, şuningdek, Instagram`ga joylaştirilgan fotosuratlar ostidagi izohlarga https://vk.com ilovasi kiritilsa, “taqiqlangan ilovadan foydalaniş” töğrisida ogohlantiriş paydo böladi. Yanada aniqroq aytganda, Facebook`ning kompyuter uçun möljallangan namunasida “VKontakte”da e'lon qilingan ma'lumotlar ulaşişga urinişdan söng Facebook kompyuter operativ tizimidagi zararli dasturlarni onlayn tekşirişni taklif etadi.

Buning uçun esa F-Secure Online Scanner dasturini yuklaş talab qilinadi.

Şundan keyin foydalanuvçilar sahifalarida “VKontakte” ilovalari, foto va videomateriallari biror muammosiz joylaştiriladi.

Avvalroq “VKontakte” Instagram`ning faol ilovalarini qöllab-quvvatlaşni töxtatgan edi. Köpçilik buni Snapster deb nomlangan Rossiyaning milliy foto ijtimoiy tarmoği işga tuşirilgani bilan boğlaşdi. “VKontakte” asosçisi Pavel Durov esa ijtimoiy tarmoq rahbariyatining mazkur harakatini tanqid qilib, buni “qörqoqlik va zararkunandalik” deb atadi.